“Jadidlar merosi — millat ma’naviyatining bebaho xazinasi”
“Jadidlar merosi — millat ma’naviyatining bebaho xazinasi”
Joriy yilning 11-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy-adabiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar merosi — millat ma’naviyatining bebaho xazinasi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan jadidchilik harakatining namoyandalari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar hamda adabiy-ilmiy nashrlar o‘rin oldi.
Tadbir davomida kitobxonlarga jadidlarning xalqni ilm-ma’rifatga, milliy uyg‘onish va taraqqiyotga chorlagan g‘oyalari haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazma yosh avlodning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va jadidlar merosini chuqur o‘rganishga xizmat qildi.