Jizzaxda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” va ilmiy lug‘at nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi
Jizzaxda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” va ilmiy lug‘at nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi
Joriy yilning 13-avgust kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida nashr etilgan ilmiy va ma’rifiy ahamiyatga ega yangi adabiyotlar taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.