"Kitob bilan do'stlashamiz"
#Sayohat_2025
Joriy yilning 19-dekabr sanasida Zomin tuman 60-umumiy o'rta ta'lim maktabi 7-sinf o'quvchilari tomonidan Axborot-kutubxona markaziga "Kitob bilan do'stlashamiz " nomli sayohat tashkil qilindi.Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Sayohat o'quvchilarga kitobga qiziqish uyg'otish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga hamda kutubxona ma'daniyatini oshirishga xizmat qildi.