“Kitob – bilim va tafakkur manbai” mavzusida kutubxonaga sayohat
“Kitob – bilim va tafakkur manbai” mavzusida kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 13-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitoblar olamiga sayohat” mavzusida mazmunli sayohat tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati, undagi boy kitob fondi hamda zamonaviy elektron resurslar bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohat jarayonida mehmonlarga turli janrdagi adabiyotlar, yangi nashrlar va elektron kitoblar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga jalb etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.
📖 Kitob – inson tafakkurining bebaho xazinasi!