“Kitob — bolalikning eng yaxshi do‘sti”
“Kitob — bolalikning eng yaxshi do‘sti”
Joriy yilning 25-avgust sanasida Yom qishlog‘idagi 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi filiali xodimlari tomonidan kichik yoshdagi bolajonlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob o‘qishning foydali jihatlari haqida sodda va qiziqarli tarzda tushunchalar berildi. Bolalarga yoshiga mos ertak va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bolajonlar bilan savol-javoblar, qiziqarli suhbatlar va kitoblar bilan tanishtirish jarayonlari olib borildi. Tadbir bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga mehr uyg‘otish va mutolaa madaniyatini yoshligidan shakllantirishga xizmat qildi.