“Kitob – hayot tajribasi va ma’naviyat manbai”
Mavzu: “Kitob – hayot tajribasi va ma’naviyat manbai”
Joriy yilning 20-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligi doirasida nuroniylar ishtirokida “Kitob – hayot tajribasi va ma’naviyat manbai” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada turli janrdagi badiiy, tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, nuroniylar e’tiboriga havola qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi – katta avlod vakillarining boy hayotiy tajribasi asosida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, yosh avlodga ibrat bo‘ladigan fikr va mulohazalarni keng yoyishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida nuroniylar o‘zlari sevib o‘qigan asarlar, ulardan olgan saboqlari haqida so‘zlab berdilar. Samimiy suhbatlar, hayotiy misollar orqali kitobning inson kamolotidagi o‘rni yana bir bor ta’kidlandi.
Ko‘rgazma ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, kitobga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada mustahkamladi.