"Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
#Kitobxonlik_haftaligi
#kitoblar_ko'rgazmasi_2026
Joriy yilning 14 aprel kuni "Kitobsevar millat" shiori ostida o'tkazilayotgan VI Respublika " Kitobxonlik haftaligi" doirasida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda "Kitob hayot yo'lini yorituvchi murabbiydir" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbir doirasida tashrif buyurgan mehmonlar uchun yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, huquqiy hamda bolalar adabiyotlariga oid turli sohalardagi 100 nusxadan iborat yangi kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilarga batafsil tanishtirildi. Kitoblar mazmuni, mualliflari va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, mehmonlarning e’tiboriga havola etildi.