KITOB — MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L
KITOB — MA’NAVIYATGA ELTUVCHI YO‘L
Joriy yilning 8-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar va kitobxonlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
📖 Kitob bilan do‘stlashgan yosh — kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi