"Kitob – ma'rifat va tafakkur manbai" mavzusida kitob yarmarkasi
"Kitob – ma'rifat va tafakkur manbai" mavzusida kitob yarmarkasi o'tkazildi
Joriy yilning 14-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida "Kitob – ma'rifat va tafakkur manbai" mavzusida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, bolalar adabiyoti, ertaklar, sarguzasht va ilmiy-ommabop kitoblar namoyish etildi. Oromgoh tarbiyalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun tavsiya etilgan asarlar haqida kutubxonachilar tomonidan batafsil ma'lumot oldilar.
Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.