"Kitob o'qish soatlari"ni tashkil qilish
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Koʻchma kutubxonalarni takomillashtirish, oromgohlarda rejali ravishda "Kitob o'qish soatlari"ni tashkil qilish, kitobxonlar sonini oshirish, o'quvchilarni kitobxonlikka targʻib qilish maqsadida Zomin tuman muassasa shaklidagi "IIB" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Hamda 2025-yil uchun shartnoma imzolandi va 15 dona badiiy adabiyotlar olib borildi.