Kitob – tafakkur kaliti
Kitob – tafakkur kaliti
Joriy yilning 27-mart sanasida Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonada yosh kitobxonlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbir jarayonida faol kitobxonlar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan suhbatlar olib borildi. Shuningdek, yoshlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi.
📖 Bunday uchrashuvlar yoshlarni ilm-fanga, kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.