“Kitob tilsiz murabbiy” deb nomlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
#kitobxonlik_haftaligi_2026
Kitob insonni ilm-fanga yetaklovchi eng sodiq do‘st, eng yaqin hamrohdir. Kitob o‘qigan inson fikrlaydi, o‘sadi va rivojlanadi.
Joriy yilning 14-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorligida “Kitob tilsiz murabbiy” deb nomlangan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu bellashuvda “Everest” va “Zukkolar” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Tadbirda “Zukkolar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi hamda g‘olib jamoaga kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.