Kitobsevar millat. Zakovat
#Kitobsevar_millat_Zakovat
2026-yil 16-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tumandagi 2-son Politexnikum o‘quvchilari ishtirokida “Zakovatli yoshlar — yurt tayanchi” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini o‘tkazildi. Tashkil etilgan o‘yinda iqtidorli o‘quvchilardan tuzilgan jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Eng muhimi, ushbu intellektual o‘yin qatnashchilarga nafaqat bilim va tafakkurni sinovdan o‘tkazish, balki tez va to‘g‘ri xulosa chiqarish, jamoa bo‘lib ishlash va bir-birini fikrini hurmat qilish tajribasini orttirish imkonini yaratdi.
Bunday tadbirlar yoshlar ko‘proq bilim olishda, barcha sohalarga oid kitoblarga qiziqishda, badiiy adabiyot bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.