"Kitobxon ona – ma'rifatli avlod tarbiyachisi"
"Kitobxon ona – ma'rifatli avlod tarbiyachisi"
Joriy yilning 17-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxon ona – ma'rifatli avlod tarbiyachisi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kitob mutolaasining oiladagi o'rni, farzand tarbiyasida onalarning mas'uliyati hamda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi beqiyos hissasi haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar o'zlarining kitob mutolaasi borasidagi tajribalari bilan o'rtoqlashib, farzandlarda kitobga mehr uyg'otishning samarali usullari yuzasidan suhbatlashdilar.
Davra suhbati yakunida faol ishtirok etgan onalarga minnatdorlik bildirilib, barchaga oilada kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash borasida ezgu tilaklar bildirildi.