“Kitobxonlik haftaligi” doirasida bog‘chada kvest o‘yini
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida bog‘chada kvest o‘yini
Joriy yilning 16-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 6-chi "Nihol" nomli MTT bilan hamkorlikda bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli kvest o‘yini tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar turli topshiriqlarni bajarib, jamoa bo‘lib ishlash, tezkor fikrlash va topqirlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. O‘yin jarayonida ishtirokchilarning faolligi va qiziqishi yuqori bo‘ldi.
Mazkur tadbir bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bolajonlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.