“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kutubxona kvest o‘yini
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kutubxona kvest o‘yini
Joriy yilning 15-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 1-umumtalim maktabi o'quvchilari ishtirokida kutubxona kvest o‘yini tashkil etildi.
Tadbir “Bilim izlab — kvest sari” mavzusida o‘tkazilib, unda ishtirokchilar turli savol va topshiriqlar orqali kitoblar olamiga sayohat qildilar. O‘yin davomida yoshlarning bilimlari sinovdan o‘tkazilib, ularning tezkor fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Mazkur kvest o‘yini yoshlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kutubxonaga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.