“Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir — kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
#Kitobxonlik_haftaligi_2026
Joriy yilning 14-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida navbatdagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir — kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot Iqboloy Umqrovaning “Eshikli uy” hikoyasi asosida o‘tkazildi. Tadbir avvalida M. Keldibekova tomonidan adibning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning jahon adabiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Iqboloy Umarova asarning yaratilish tarixi, asosiy g‘oyasi, qahramonlari hamda voqealar rivoji haqida atroflicha to‘xtalib, asardan chiqariladigan hayotiy xulosalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘quvchilarga ushbu asarni mutolaa qilishni tavsiya etdi.
Taqdimot davomida o‘quvchilar ishtirokida asar qahramonlari va undagi voqealar yuzasidan savol-javoblar tashkil etilib, faol muloqot muhiti yaratildi.