“Kitobxonlik haftaligi” doirasida so‘rovnoma o‘tkazildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida so‘rovnoma o‘tkazildi
Joriy yilning 15-aprel sanasida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etildi.
Mazkur so‘rovnoma “Yoshlar va kitobxonlik: qiziqish va ehtiyojlar” mavzusida o‘tkazilib, unda turli yosh toifasidagi kitobxonlar faol ishtirok etdilar. So‘rovnoma orqali kitobxonlarning mutolaa odatlari, sevimli janrlari, kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi hamda ularning taklif va fikrlari o‘rganildi.