“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Taraqqiyot mahallasida ko‘chma kutubxona tashkil etilib, kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
KITOBXONLIK HAFTALIGI
Joriy yilning 16-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Taraqqiyot mahallasida ko‘chma kutubxona tashkil etilib, kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Taraqqiyot mahallasi yoshlari faol ishtirok etib, ular uchun turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy-adabiyotlar namoyish etildi. Ko‘rgazma davomida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mutolaaga keng jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, ilm-ma’rifatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi hamda faol kitobxonlar rag‘batlantirildi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa qilish uchun tavsiyalar oldilar.