“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazining fond bo‘limi tomonidan seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 17-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazining fond bo‘limi tomonidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida kutubxona fondini boyitish, adabiyotlarni to‘g‘ri saqlash, ulardan samarali foydalanish hamda kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yangi kelib tushgan adabiyotlar, ularni targ‘ib qilish usullari va zamonaviy kutubxonachilik tajribalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Seminarda mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro fikr almashdilar hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar seminarni yuqori saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, bu kabi uchrashuvlar kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini bildirdilar.