"Kitobxonlik haftaligi" tadbirini ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Zomin tuman axborot- kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi"2026 yil 13- 17- aprelgacha tashkil etilmoqda. 13-aprel kuni Zomin tuman Yoshlar markazi faollar zalida "Kitobxonlik haftaligi" tadbirini ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Respublika Ma'naviyat va marifat markazi Zomin tuman bo’linmasi rahbari G'.Saydullayev hamda Yoshlar ishlari agentligi Zomin tuman bo'linmasi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida tadbir tashkil qilindi. “Kitobxonlik haftaligi-2026” tadbirini Zomin tuman Yoshlar ishlari agentligi bo’linmasi bosh mutaxassisi O.Ergashev ochib berdi.