“Kitobxonlik – ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida FVV hodimlari ishtirokida davra suhbati
Joriy yilning 17-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Kitobxonlik – ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida FVV hodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni, uning dunyoqarashni kengaytirish, tafakkurni rivojlantirish hamda ma’naviy barkamollikka erishishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. FVV hodimlari ham o‘z nutqlarida kitob mutolaasi insonni har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilishga, hushyor va bilimli bo‘lishga undashini alohida ta’kidladilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilayotgan kitoblar haqida fikr almashib, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirish borasida tavsiyalar berildi.