“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbir
Zomin tumani Taraqqiyot mahallasida joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, kutubxona xodimlari hamda kitobxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi oilalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish, farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari tomonidan kitobxonlikning inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi ahamiyati, oilada kitobxonlik muhitini yaratish, ota-onalarning farzandlarni kitob o‘qishga qiziqtirishdagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, oilada kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish orqali bilimli, ma’naviyatli va keng dunyoqarashga ega yoshlarni tarbiyalash mumkinligi ta'kidlandi.