Ko'chma kutubxona
Joriy yilning 17-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlarni kitobxonlikka targʻib qilish maqsadida Zomin tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi ko'chma kutubxonasiga xodimlarimiz tomanidan so'ralgan yangi adabiyotlar o'qib bo'lingan adabiyotlarga almashtirib berildi.
Ushbu hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad – hodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishdir.
Endilikda ko‘chma kutubxona orqali markaz hodimlari ham kitob va bilim xazinasidan muntazam bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar.