Ko‘chma kutubxona
#Ko'chma_kutubxona 2025-yil 7-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Besh tashabus" kelajak kasblari markazida tashkil qilingan ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. Tadbir doirasida xodimlarga turli sohalarga oid adabiyotlar taqdim etildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish, xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ma‘naviy saviyasini yanada boyitishga xizmat qilishdir.