Kutubxohaga sayohat
Joriy yilning 14-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomanidan "Ibrat Akademiya " o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida "Kutubxonada bir kun" -ma'naviyat sari qadam! mavzusida kutubxonamiz boʻylab sayohat tashkil qilindi. Oʻquvchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, bolalar bo‘limidagi rang-barang kitoblar, qiziqarli adabiyotlarni ko‘zdan kechirishdi. Sayohat davomida kutubxona mutaxassisi Z.Azimova o'quvchilarga kutubxona qoidalari, kitoblarning inson hayotidagi ahamiyati va bilim olishdagi o‘rni, kutubxonaning imkoniyatlari va kitoblardan foydalanish tartibi haqida sodda va qiziqarli tarzda tushuntirishlar berdi. Bunday sayohatlar bolalarda kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bilimga chanqoqlik va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.