“Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani”
“Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani”
Ayni damda Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o‘quvchilar bilan gavjum va qizg‘in jarayon davom etmoqda.
O‘quvchilar kutubxonadagi turli janrdagi badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan kitoblarni mutolaa qilmoqdalar. Kitobxonlar bilan kitobning inson dunyoqarashi va bilimini boyitishdagi o‘rni haqida suhbatlar olib borilmoqda.
Kutubxonadagi bunday jarayon yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.