KUTUBXONA FONDINI SHAKLLANTIRISH VA KITOBLARNI HISOBGA OLISH JARAYONLARI
KUTUBXONA FONDINI SHAKLLANTIRISH VA KITOBLARNI HISOBGA OLISH JARAYONLARI
Kutubxona — jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida muhim o‘rin tutadigan, bilim va axborot manbalarini saqlash, targ‘ib qilish hamda kitobxonlarga yetkazib berishga xizmat qiladigan muassasadir. Kutubxona faoliyatining samaradorligi, avvalo, uning fondi qay darajada to‘g‘ri shakllantirilgani, boyitilgani va tartibli yuritilishiga bog‘liq. Shu jumladan Zomin tuman Shoxrux nomidagi kutubxona Fondlarni saqlash, to'ldirish va ularga ishlov berish bo'limi xodimlari tomonidan kitoblarga ishlov berilmoqda.
Kutubxona fondini shakllantirish va kitoblarni hisobga olish kutubxona ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonlar orqali kutubxonaga kelib tushayotgan adabiyotlar qabul qilinadi, ro‘yxatga olinadi, tegishli tartibda rasmiylashtiriladi va kitobxonlar foydalanishi uchun tayyorlanadi. Shu bilan birga, fond tarkibidagi kitoblarning soni, mazmuni, saqlanish holati hamda harakati doimiy nazorat qilib boriladi.
https://t.me/zomin_kutubxona/27841