“KUTUBXONA — MA’RIFAT MASKANI”
“KUTUBXONA — MA’RIFAT MASKANI”
Kutubxonaga sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 16-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida kutubxonaga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar kutubxonaning faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, kitob ko‘rgazmalari hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalarga kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Ularni ko‘proq kitob o‘qishga, bilim olishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat sari ochilgan eshikdir!