KUTUBXONA — YOSHLAR BILAN GAVJUM MA’RIFAT MASKANI
KUTUBXONA — YOSHLAR BILAN GAVJUM MA’RIFAT MASKANI
Bugun kutubxonamiz odatdagidan yanada fayzli va gavjum. Ayni damda kutubxona o‘quvchi-yoshlar bilan to‘lib, bu yerda kitob mutolaasi, izlanish va bilim olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. 📖✨
O‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurib, o‘zlari qiziqqan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar. Ayrim yoshlar yangi kitoblar bilan tanishayotgan bo‘lsa, boshqalari o‘zlariga kerakli adabiyotlarni izlab, bilimlarini yanada boyitishga intilmoqda.
Kutubxonadagi bunday samimiy va ijodiy muhit yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini, ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Zero, kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, tafakkuri teranlashadi va ma’naviy olami boyiydi.
Har bir kitobxon yosh — kelajakning bunyodkori!
Kutubxonamiz eshiklari bilim va ma’rifat izlab kelayotgan barcha kitobsevar yoshlar uchun doimo ochiq!