Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 9-iyul kuni Zomin axborot-kutubxona markazida O'quv markazlarini bilimga chanqoq yoshlari uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida mehmonlar kutubxonamizning tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy xizmat turlari va elektron resurslari bilan tanishdilar. Kutubxonamiz fondidagi noyob asarlar, yangi adabiyotlar, shuningdek, foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Sayohat davomida kutubxonamiz yoshlar va bolalar bo‘limlari, hamda ochiq kitob fondlari bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ishtirokchilarga kutubxonaning zamonaviy imkoniyatlari namoyish etildi.