Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 18-iyul kuni Zomin axborot-kutubxona markazida Madaniyat foluklior "Humor" ansanbili a'zolari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida mehmonlar kutubxonamizning tarixi, faoliyat yo‘nalishlari, zamonaviy xizmat turlari va elektron resurslari hamda kitobxon faollar burchagi bilan ham yaqindan olindi. Kutubxonamiz fondidagi noyob asarlar, yangi adabiyotlar, ilmiy va badiiy manbalar, shuningdek, foydalanuvchilarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Sayohat davomida kutubxonamiz yoshlar va bolalar bo‘limlari, hamda ochiq kitob fondlari bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ishtirokchilarga kutubxonaning zamonaviy imkoniyatlari namoyish etildi.