Kutubxonaga sayohat
Yangi g‘oyalar va ilhom manbaiga sayohat
Joriy yilning 5-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ibrat akademiyasi" o‘quvchilari uchun kutubxona va bilim dunyosiga sayohat tashkil etildi! Sayohat davomida o‘quvchilarimiz yangi bilimlar va ijodiy imkoniyatlar makonidagi tushunchalar va kitoblar olamida sayohat qilish, qiziqarli topshiriqlarni bajarish va bilimlar bilan do‘st bo‘lishning yangi yo‘llarini o‘rgandilar! Ekskursiya – bu faqat sayohat emas! Bu yangi imkoniyatlarga ochilgan eshik, yangi bilimlarga qadam qo‘yish! Har bir o‘quvchi uchun bu yangi orzular va yutuqlarga yo‘l! Bugun o‘rganganimiz – ertangi yutuqlarimizning asosidir. Har bir kichik qadam – katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Kitoblar, bilimlar va orzular bilan to‘la bu sayohat – faqat boshlanishi!