Kutubxonaga sayohat – bilim sari muhim qadam
Kutubxonaga sayohat – bilim sari muhim qadam
Joriy yilning 27-mart sanasida Zomin tuman kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh kitobxonlar uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning turli bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud adabiyotlar fondi, xizmat ko‘rsatish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.