"Kutubxonaga sayohat – bilim va ma'rifat sari qadam"
"Kutubxonaga sayohat – bilim va ma'rifat sari qadam"
Joriy yilning 10-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Kutubxonaga sayohat – bilim va ma'rifat sari qadam" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxonaning bo'limlari, kitob fondi, elektron xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlar yangi adabiyotlar ko'rgazmasi bilan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilish va kutubxonaga a'zo bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Mazkur sayohatning asosiy maqsadi uyushmagan yoshlarning kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo'ldi.