“Ma’naviyatli oila – kitobxon ona timsolida” mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 17-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” yopilish tadbirlari doirasida “Ma’naviyatli oila – kitobxon ona timsolida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Birlik” MFYda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Unda kitobxon onalar, mahalla faollari hamda kutubxona xodimlari ishtirok etib, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish, farzandlar tarbiyasida mutolaaning o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalari asosida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida qiziqarli mulohazalar bildirdilar.
Davra suhbati davomida yosh avlodni kitobga oshno etishda onalarning beqiyos o‘rni alohida ta’kidlanib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tadbir yakunida faol kitobxon onalar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.