“Ma’rifat maskanlari sari sayohat”
“Ma’rifat maskanlari sari sayohat”
Joriy yilning 25-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida uyushmagan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar ma’naviyat, madaniyat va kitobxonlik bilan bog‘liq maskanlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylashning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, yangi taassurot va bilimlarga ega bo‘ldilar. Bunday sayohatlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.