“Ma’rifat va ijod yo‘lida — Sadriddin Ayniy merosi” mavzusida bo‘lib, unda adibning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishgan davra suhbati
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida adabiy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 15-aprel sanasida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Sadriddin Ayniy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir “Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir “Ma’rifat va ijod yo‘lida — Sadriddin Ayniy merosi” mavzusida bo‘lib, unda adibning hayoti va ijodiy faoliyati, uning adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Klub a’zolari tomonidan adib asarlaridan parchalar o‘qilib, ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar, adabiy chiqishlar ham tashkil etilib, tadbir yanada qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Tadbir davomida yoshlar qalbida kitobga, adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirish, buyuk adiblar merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsad qilingan.