“Ma’rifat yo‘lida — ‘Esdaliklar’ asari talqinida” mavzusida
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob taqdimoti
Joriy yilning 15-aprel sanasoda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Sadriddin Ayniyning asari asosida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir “Ma’rifat yo‘lida — ‘Esdaliklar’ asari talqinida” mavzusida o‘tkazilib, unda asarning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda adib ijodidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Taqdimot davomida kitobxonlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, asar yuzasidan suhbat olib bordilar. Tadbir yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.