"Ma’rifatparvar jadidlar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8- iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin "Yulduzcha" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi bolalari ishtirokida «MA’RIFATPARVAR JADIDLAR» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Jadidchilik harakati tarixini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
Ta’kidlandiki, keyingi yillarda yurtimiz ozodligi uchun kurashgan ajdodlarimizga munosabat tubdan o‘zgardi. Vatan uchun jonini fido qilgan bobolarimizga munosib bo‘lgan, ular orzu qilgan istiqlolni ko‘z qorachig‘idek asrash, ayniqsa, bugungi murakkab zamonda har qachongidan-da dolzarb sanaladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Jadid” gazetasi tashkil etilgani jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.