"Mahalla kitobsevarlari", "Kitob – ezgulikka yetaklovchi mayoq"
Mahallalarda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida "Mahalla kitobsevarlari", "Kitob – ezgulikka yetaklovchi mayoq" mavzularida ma’rifat haftaliklari Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkil etilmoqda. Ota-onalar hamda ular orqali о‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida «Farzandimga kitob sovg‘a qilaman» shiori ostida uchrashuvlar ham tashkil qilinmoqda. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish belgilab olindi.