Mahorat darsi
Joriy yilning 12-dekabr kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlari hamda o'quvchi yoshlarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Vord va Exzel dasturi bilan ishlash, skaner qilingan kitoblarni qayta tahrirlash, dastur qulayliklari, afzalliklari haqida amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi.