"Mehr kutubxonasi"
Joriy yilning 31-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" louihasi doirasida "Birlik" MFYda istiqomad qiluvchi Muhtorova Sanobar onaga sayyor kutubxona xizmati ko'rsatildi. Tashrif davomida Sanobar onagakitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida kitobxonimiz tomonidan so'ralgan kitoblar meditsinaga oid hama bir qator adabiyotlar yetkazildi.Mazkur tashabbuz orqali aholi, ayniqsa uy sharoitida xizmatga muhtoj fuqarolarni kitob bilan taminlash, ularning ma'naviy dunyosini boyitish va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.