"Mehr kutubxonasi" – kitobsevarlar qalbiga yetadigan tashabbus
"Mehr kutubxonasi" – kitobsevarlar qalbiga yetadigan tashabbus
Joriy yilning 1-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
Loyiha doirasida “G'ofur G'ulom” mahallasida yashovchi, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan va kitob mutolaasiga katta qiziqish bilan yondashuvchi Mahmud ota Dadaboyev xonadoniga tashrif buyurildi.
Mahmud otaning istagiga ko‘ra, u so‘ragan adabiyotlar kutubxona xodimlari tomonidan bevosita uyiga yetkazib berildi. O'qib bo'lgan kitoblari yangi adabiyotlarga almashtirib berildi.