Metodik to'garak
#Metodik_toʻgarak
Zomin tuman axborot- kutubxona markazi mutaxassislari "Qo'shtol" mahallasida tashkil etilgan kutubxonada mahalladan biriktirilgan mutaxassisga Fondlarni to'ldirish,saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan "Kutubxona fondlarini saqlashni ta'minlash, undan foydalanish, joylashtirish va inventarizatsiya o'tkazish tartiblari" mavzusida metodik to'garak o'tkazildi.
Fondni saqlashga ta'sir qiladigan omillar, fondni joylashtirish tartibi va axborot-kutubxona fondlarni saqlash xizmatidagi inventar kitob bilan solishtirgan holda fondni xatlovdan oʻtkazish (inventarizatsiya) boʻyicha maʼlumotlar berildi.