"Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz poydevori"
"Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz poydevori"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ona Vatanga muhabbat va yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosini keng targʻib etish maqsadida "Milliy qadriyatlar – ma'naviyatimiz poydevori" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmada o'zbek xalqining boy tarixi, milliy urf-odatlari, an'analari, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma'naviy merosi hamda Vatanga sadoqat ruhini aks ettiruvchi adabiyotlar kitobxonlar e'tiboriga havola qilindi.
Mazkur ko'rgazma kitobxonlarda milliy o'zlikni anglash, qadriyatlarimizni e'zozlash va kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.