“Mustaqillik — milliy g‘urur va iftixor timsoli”
“Mustaqillik — milliy g‘urur va iftixor timsoli”
Joriy yilning 24-avgust sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi hodimlari tomonidan
2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari ishtirokida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida yurtimiz mustaqilligining xalqimiz hayotidagi o‘rni, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, milliy qadriyatlarimiz hamda Vatanga sadoqat tuyg‘usi haqida fikr almashildi. Ishtirokchilar mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Suhbat davomida ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy san’atimizni asrab-avaylash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!