Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat bayrami
Navro‘z – yangilanish va mehr-oqibat bayrami
Joriy yilning 27-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan bahoriy kunlarida 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Navro‘zning mazmun-mohiyati, qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Bayramona dastur ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, milliy an’ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etishga xizmat qildi.
🌿 Ushbu tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.