“Nuroniylar – tajriba va ibrat maktabi”
Mavzu: “Nuroniylar – tajriba va ibrat maktabi”
Joriy yilning 20-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlik haftaligi doirasida nuroniylar ishtirokida sayohat tadbiri tashkil etildi.
Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – nuroniylarni e’zozlash, ularning boy hayotiy tajribasini qadrlash hamda ular uchun maroqli va mazmunli dam olish muhitini yaratishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar go‘zal maskanlarga tashrif buyurib, tabiat qo‘ynida hordiq chiqardilar. Samimiy suhbatlar, esdalik lahzalari va qiziqarli fikr almashuvlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Nuroniylar tomonidan bildirilgan iliq fikrlar va duolar ushbu tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi.
Mazkur sayohat ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.