O‘QUVCHILAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYOHAT
O‘QUVCHILAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SAYOHAT
Joriy yilning 15-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, yangi taassurotlar va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday sayohatlar yoshlarning bilim va tafakkurini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.